MUHABBAT JILG`ALARI: Biz tanlagan yo`l... Avvalgi I - II - III - IV - V - VI - VII - VIII - IX - X - XI - XII - XIII - XIV - XV - XVI - XVII - Qismlar... XVIII - Qism... Do`ktir ogohlantirib: hotiningiz juda tasirchan ekan, tushkunlik tushib qolmasin, degan edi. - Madina... - yoniga cho`kkalab o`tirib, muloylik bilan qo`lidan tutdim, - Bu yerda nega berkinib olding? Jonim tur, bu yerdan chiq! U go`yo hech nimani his etmayotgandek! Hayolimga uyqusrab kirib oldimi, degan o`y keldi. Nigohlari juda hissiz, bir nuqtaga tikilib, lablari pichirlaydi, lekin uni chiqmaydi, so`zlariga tushunmayman. Shikafdan chiqarib, yotoqqo olib kirdim. - Jonim o`zinga kel, qo`rqitma meni! O`ziga keltirmoqchi edim, lekin meni eshitmayotganini, umuman his qilmayotgani sezdim. Yuragimni vahimali, qurquv bosdi. Asta quchoqlab, boshini ko`ksimga bosdim. - Madina! - yuzlaridan silab, chakkasidan o`pdim, - Biror nima degin? Ichimdan turib kelgan qaltiroq, vujudimni jumbushga keltirdi. Tomog`imga achchiq bir narsa tiqib qoldi. ``Nahotki qo`limdan hech narsa kelmasa?!`` O`zimni shunchalar, ojiz, notovon sezardim. Qani edi, yonimda oyim bo`lsalar! Har narsaga yechim topoaoladigan akam bo`lsa, to`g`ri yo`l ko`rsatar edilar. ``Eeeey rabbim, o`zing shifo ber! Yolvoraman, uni istiroblardan halos qil!`` Ozroq o`tirgach, o`ziga keldi shekili, ko`zlari jovdirab menga qarab qo`ydi. Shundayam bir og`iz so`z aytmay, g`ujanak bo`lib yotib oldi. Nima qilarimni bilmay, boshqa xonaga chiqdim. O`ylab, o`ylab Barno opaga aytishga qaror qildim. Ohirgi paytlarda, o`zlari ham Madinani ahvolidan tashvishda, uyga tez-tez kelib ketayotgan edilar. Ularga qo`ng`iroq qildim. - ``Bezovta qilmadimmi, opa?`` - ``Nima bo`ldi tinchlikmi?`` - ``Madinani ahvoli, yaxshimas! Nima qilarimni bilmayabman. Uymizga kelsangiz bo`lardi!`` - ``Hozir boraman!`` Yarim tun bo`lishiga qaramay, 20 minutga qolmay yetib keldilar. - Qarang opa, hech nimani his qilmayabdi? - dedim, ulardan najot kutib. - Vohima qilmang, yaxshi bo`ladi... - deya yoniga kirib ketdilar. Ko`p, kutishga sabrim yetmay, yonlariga kirdim. Barno opa ham chiqib, yoniga yotib olibdilar. Kirganimdan so`ng istihola qilib o`tirib oldilar. Bir qo`llari bilan, Madinani yelkasini silar, ikkinchisi bilan qo`lin tutib olgan edilar. - Uhlab qoldi! - deya pichirladilar. - Opa... Uni ahvoli meni juda tashvishga solyabdi... - devonni chetiga o`tirdim, - O`tib ketadi deb o`ylagandim, aksincha kundan-kun yomonlashyabdi. Ayniqsa bugun, juda qo`rqitib yubordi... Shikafni ichiga berkinib olibdi... -dedim. Barno opa diqqat bilan tingladi, so`ng biroz o`yga tolib qoldi. - Avval ham shunday bo`lgandi, - hursinib qo`ydilar, - Oyisi olamdan o`tganda ham, bir necha kun telbaga o`shxab qolgandi... - Keyin qanday tuzalgan? - shoshib so`radim, - Qanday davo topgansiz? - O`z-o`zidan yaxshi bo`lib ketgandi! - Nega endi bo`lmayabdi? Ruhshunosga ko`rsatdik, dorilarini vaqtida ichyabdi! Lekin nega foydasi bo`lmayabdi? - Bilmadim, bilmadim... -deya, ojizgina bosh chayqadilar. - O`ylashgayam qo`rqaman, bu ketishda esi og`ib qolmasaydi! Opa biror nima qilsak bo`lmaydimi? - Erta bo`loversinchi, yaxshi ruhshunosga olib boramiz. - Hop... Madina avtohalokatga uchrgagan kundan buyon, ongimga bir o`y joylashib olgan, birzum ham tinchlik bermasdi. Boshimizga tushgan falokatlarni, olloh nima uchun bizga ravo ko`rdi? Qay gunohlarimiz uchun? Javob bitta, oyimni orzu, umidlarini paymoq qilib, dillarini qattiq og`ritganman! - Balkim, eskichasiga qaratarmiz? - dedilar, Barno opa, sekingina shivirlab. - Bunisi hayolimga kelmabdi! - qatiyat bilan o`rnimdan turdim, - Iltimos opa, siz qarab turing... Men ikki soatlarda kelaman... - Qayoqqa ketyabsiz? - Oyimni olib kelaman! - dedim. Oyim ko`pni ko`rganlar, bu masalada oyim yechim topa oladilar, ulardan iltimos qilaman, degan o`yda yo`lga taraddutlandim. - Tong otsa borarsiz? - dedilar, bemahalda yo`lga chiqishimni istamay. - Hozir bormasam, tongacha o`zim ham aqildan ozaman opa! - Qishlog`izga ketadigan yo`l juda rasvo-ku? - havotirlandilar, - Qo`ying Murodjon, tong yorishsin ertaga boraqoling! - Yo`q... - tezda ustimga kiydimu, eshik tomon yurdim, - Hovotir olmang... Barno opa: ``Yo`ling, behatar bo`lsin!`` degancha duo qilib qoldilar. Istagim juda kuchli bo`lgani uchunmi, qishloqqa tez yetib keldi. Darvoza ichkaridan berkitilgan. Odatda ichkaridan qovun kattaligidagi toshni tanba qilib qo`yilardi. Biroz kuch bilan itarilsa eshik ochiladi. Eshikni ochib ichkariga kirdim. Darvoza sal tiriqlagan edi, kichik yangan eshitibdi shekili ostonada paydo bo`ldi. - Murodjon? - Assalom alaykum! Ha men yanga! - ko`rsatkich barmog`imni labimga qo`ydim, - Akamga ndameng... Oyimni yonlariga keldim... Oyimni eshiklarini asta chertdim, ichkaridan oyimni ovozlari eshitildi. - Murodjon senmisan, o`g`lim? - Ha... - ko`rmasdan menligimni bilganlar. Oyimni ichki sezgisidan lol qolib, tasirlandim, - Ha, menman... - Eshik tagida turmasdan, ichkariga kir o`g`lim!