MUHABBAT JILG`ALARI: Biz tanlagan yo`l... Avvalgi I - II - III - IV - V - VI - VII - VIII - IX - Qismlar... X - Qism... Oz fursat, ko`zlarida hayrat uchquni yonib, menga tikilgan qizni, dam o`tmay nigohlaridagi chog` so`ndi. Yuzini samimiy tabassum egalladi. - Salom... - Salom! - Meni ismim Shodiya... -deya qo`llarini uzatdi. - Meni ismim Murod, - ohista qo`lini siqdim, - Sizni taniyman... -dedim. - Qayoqdan taniysiz? -ko`zlari yonib so`radi. - Adabiyot fakulteti faxri bo`lgan qizni, kim ham tanimaydi? Kuldi: - Tanishganimdan, mamnunman... -deb qo`limni havoda bir siltab, qo`ydi. Qizdagi chiroy, shu bilan birga dadillik biroz cho`chitadi. Lekin o`zimni hotirjam tutushga harakat qilaman. - Men ham hursandman! - Biroz vaqtiz bo`lsa gaplashib olardik? To`g`risi kutulmagan taklifga nima deb javob qaytarishni bilmay qoldim. U esa javob kutgandek, sho`xchan tabassum bilan nigohlarini uzmasdi. - Mayli. -dedim. - Uchunchi paradan so`ng, yo`lni u yuzidagi kafeda o`tirsak nima deysiz? -dedi, o`zi joy tanlab. - Ho`p... - Bo`lmasa hali ko`rishamiz. -dedida, narida turgan dugonalariga qo`shilib darsiga kirib ketdi. Hayron qoldim to`g`risi. Menda qanday gapi bo`lishi mumkun?! Darslar tugashini kutdim. Uchunchi paradan so`ng, aytilgan joyga borib kuta boshladim. U inistitut hovlisida ko`rindi. Ikki dunonasi orasida kelarkan, nazarimda menga qiyo ham boqmay o`tib ketadigandek tuyulardi. Biroq kafega yaqin kelganda dugonalaridan ajrab men tomonga yurdi. Jilmaygancha yaqinlashar ekan, qaytadan salomlashdi. - Kuttirib qo`yganim uchun uzur... - Hechqisi yo`q. -dedim, ichkariga yo`l ko`rsatib. Stolga o`tirib, bir finjondan qahva va shirinlik buyurdik. O`zi indamagani uchun, men ham jim o`tirmay deb u-yoq-bu yoqdan gapirgan, hol-ahvolini so`ragan bo`ldim. - Gapim bor degandiz? -dedim, salgina gaplar bilan qizishib olganimizdan so`ng. - Ha... Yaqinda bilimdonlar bellashuvi bo`ladi. Siz ham meni jomoamda bo`lsayz degandim... Judayam kutulmagan taklif bo`ldi. Keyin, odatda bunday narsalar e`lon qilinardi! - Hayronman, bu taklifizdan!.. - Yo`q denang. O`tkir nigohlari ko`p o`ylashimga yo`l qo`ymadi. - Maylikuya... Lekin mendan ham bilimli talabar ko`pku? Nega aynan men?! - O`zizga ishonmaysizmi? - Ishonaman... Biroq, avval bunday tadbirlarda qatnashmaganman. Pant berib qo`yamasaydim! - Hovotir olmang... Bir-birimizni to`ldirib turamiz. Agar ho`p desayz ikkimiz ertadan tayorgarlikni boshlaymiz... Biroz o`ylab ko`rdim: bilimimga ishonaman. Balki tayorgarlikdan so`ng, yanaham sayqallanar. Har qalay, o`zimni ko`rsatishga, bekorga inistitutda yurmaganimni bilib olishimga imkonyat. - Roziman... -dedim, o`zimdagi maylga qarshi chiqmay. - Bir oy vaqtimiz bor. Avvalgi jomam bilan qatnashamiz. Hozircha ular o`zlari tayorlanishadi. Biz ikkimiz esa ertadan, kutboxona, birga tayorlanamiz, rozimisiz? - Albatta... Shundan so`ng suhbatimiz uzoq cho`zilmadi. * * * Tun bostirib kela boshladi. Yaxshiyam tun bora. Inson kechasi o`zi bilan o`zi dardlashgani vaqt topadi. Yuragiga quloq tutadi, o`tqazgan kuni tahlil qiladi. Kiravatimda yotgancha, o`yga tolaman. Kafedagi uchrashuv ko`z oldimdan ketmaydi. Qizdagi shahtni, ishonchi ko`rib, rozilik berib yubordim. Ammo ishonchini oqlay olarmikinman, deya cho`chiman?! Hayollarimni bo`lib telefon jiringladi. ``Dilkashim o`zimni?`` Doyimgidek, muhtoj paytim hozir bo`ladi. -``Esitaman asalim!`` -deya telefonni qulog`imga tutdim. Sarvar boshini ko`tarib qaradi. Nazarimda Madinamni, ``asalim!`` deya erkalaganimni eshitib boshqacha tushundi. - Yotaverin, sizni Asaliz emas, bu meni asalim... -dedim, pichirlagancha izoh berib. Shu bilan uni oldiga gaplashishni istamay, oyog`imga shippagimni kishib karidorga chiqdi. Karidorda eho borligi yoqmay, ko`cha tomonga yurdim. Chiqasolib, taxta o`rindiqqa o`tirdim. - ``Bezovta qildimmi?`` -dedi, hijolatli erka ohangda. - ``Aslo...`` - qo`shib qo`ydi, - ``Har daqiqa shunday bezovta qilsang ham mayliga!`` - ``Unda sizni, o`qishdan chalg`itib qo`ymanda. Bunday qilishim, sizga yomonlik tilaganim barobar!..`` - ``O`zimni a`qilligim...`` U meni hamisha, hayratga soladi. Tushuna olishi, meni manfatimni o`zinikidan ustin qo`yishi! Sevgilimni so`zlaridan to`lqinlanib, o`rindiqqa yotib oldim. Osmon shu qadar tiniqki, milyardlarb yulduzlar sochilib, ajib bir manzarani ko`rish mumkun. - ``Oh, Madinam! Derazadan tashqariga bir qaragina. Falakni naqadar go`zalligini ko`rasan!`` Kuldi: - ``O`zim ham tashqarida o`tiribman!`` - ``Nega?`` - ``Uyda mehmonim bor, siz bilgan yolg`iz qolgim kelgandi! Aaa, o`zizchi?`` - ``Bilasanu, chin oshiqlarning istagi, doyim bir hil bo`ladi! Men ham sen bilan yolg`iz qolishni istagandim. Qaragina qanday mazara, bir osmon ostida, huddi yonimda o`tirgandeksan!`` - ``Chunki, hayolim, yuragim hamisha sizni bilan-ku?`` -dedi, ehtiros bilan shivirlab. Uning so`zlaridan vujudimni, ajib bir hissiyot churmab oldi. Ayni damda bu olamda mendanda baxtiyor, yigit bo`lmasa kerak. - ``Ollohga shukur, go`zalim boringa shukur!`` - ``Borizga shukur...`` O`z hislarimizdan o`zimiz masrur, sassiz skunat ichida qoldik. Ko`zlarimni yulduzli osmondan uzmayman. Yulduzlardan Madinamning chehrasini chizishga urunaman. Oshiq uchun, yoqimli laxzalardan biri, osmonni to`ldirib turgan yulduzli tun og`ushiga singib ketish bo`lsa kerak! Aslida ko`plab shiqlar ko`ngliga sirdosh bo`lgan ham, mana shu cheksiz osmon, sanoqsiz yulduzlar. - ``Azizam seni yaxshi ko`raman...`` - hislarimni izhor qilaman. - ``Men esa sizdan ham ko`proq...`` -pichirladi, - ``Baxslashib ovora bo`lmang, barbir menga teng kololmaysiz?`` Bu tuyg`ularini shu qadar nazokat, ishonch bilan so`yladiki, uning so`zlari shaksiz ishondim. - ``Bilaman, azizam...`` Tez yengilganimdan, ishq bobida undan keyinda turishimni tan olganimdan, uning zavqi oshib kuladi.