MUHABBAT JILG`ALARI: Biz tanlagan yo`l... Avvalgi I -II -III -IV -V -[ Qismlar... VI - Qism... Shaxt bilan chiqib kelib mashinamga o`tirdim. Old oynaga urulayotgan yomg`ir tomchilariga tikilar ekanman, chalkash fikralaru, adoqsiz o`ylardan medamda qattiq og`riq turdi. Og`riq zo`ridan boshimni ko`tarolmay, peshonamni rul chanbaragiga bostdim. ``Madina, Madina!!!`` Cho`ntagidagi telefon qaltirab, qo`ng`iroq bo`layotganidan ogohlantirib, miyyamni egallab olgan o`ylarimni tarqatdi. Akam degan hayol bilan telefonga qaradim. Qo`ng`iroq qilayotgan, yashrin raqamdan qilayabdi. ``Tavba, eslagim hamoni hozir bo`ladi!`` Bir muddat ikkilanib turgach, u bilan ortiq gaplashmasak to`g`ri bo`ladi deb o`yladim. Telefonni esa o`rindiqqa uloqtirdim. ``Tuyg`ular, bilan o`ynashadigan yolg`onchini, so`zlarini eshitmayman...`` O`ylamayman deyman-u, ammo hayol u tomon olib ketaveradi. Peshonamni rul chanbaragiga qo`ygancha, yaqin bir soat ichida nimalar bo`lib o`tganini, tahlil qila boshladim. Uni to`ngda ko`rdim, huddi bahor gullari kabi tarovatli, tong shamolidek o`ynoqi, beg`ubor, huzurbaxsh tuyg`ular og`ushida edi. Qaytganimdan so`ng esa, unda yozni ko`rgandek bo`ldim. Yoz saratoni issig`idan, mehnatlardan horigan inson qiyofasida! Keyin esa yurakni ezguvchi kuz fasliga guvoh bo`ldim. Sadirning qahrli shamollari. Madinani oydek chehrasga qora bulutlar uyumida to`daladi. Podvolda esa o`sha bultlar ko`zyoshga aylandilari. Kutilmaganda kirib kelgan qishning kasriga men qoldim. Yuraklar haroratidan erigan qorlar ko`p sirlar yashira olmadi. Qisqa fursatda, tuyg`ulardan iborat to`rt fasilda yashagan bo`ldim. Birdan mashina oynasi tiqirlab, hayollarim tumandek tarqab ketdi. Boshimni ko`tardim. Yomg`irdan o`zini, darvoza panasiga olib turgan, kichik yangam. Tezda oynanani tushirdim. - Labbay, yanga? - Ishizni bitqazib keldingizmi? - Hmm... - Akaeyizlar tayinlab ketuvdilar, ombordan ``V`` degan temirni olasiz ekan. Keyin o`ziz tunov kuni olib kelgan, Gel...... - yangamning, so`zlarini, o`rindiqda aridek g`o`ng`illab jiringlagan telefonim uzib qo`ydi. Shoshgancha telefonga qaradim. Yana o`sha yashrin raqam, birozgina zarda bilan o`rindiqqa tashladim. - Tinchikmi? -dedi, yangan bu keskin harakatimdan ajblanib. - Ha, tinchlik. - Ranggingiz oqarib ketibdimi? - O`zi oppoq bolaman-u, yanga! - yolg`ondan bo`lsa ham tishimni oqini ko`rsatib qo`ydim, - Akam ``Val`` bilan ``Gilza`` deganmidi? - Menimch, shunaqa deyishgandi! Mashinadan tushdimda shefer panasidan borib, ombordan akam aytgan ehtiyot qismlarni olib, mashinaga yukladim. - Muradjon. Anovi telefoningiz boyadan beri chaqrib yotibdi. Qaringchi akay emasmikanlar? -dedilar, hamon darvoza panasida turgan yangam. - Boshqa birov... Men akamni yoniga ketyabman, oyimga aytib qo`yarsiz? - Ho`p... - yangan, kuzat qo`yish uchun biroz oldiroq chiqdilar. - Ukajon ehtiyot bo`lib haydang, asfalt ho`l bo`lib ulgurdi!.. -dedilar. - Yoshbola emasman-ku? Boyagi voqealar asorati, keraksiz vaqtda yuzaga chiqdi. Bilmay qoldim, yangamga qo`pol gapirganimni. Lekin tushunganim hamoni, kechrim so`rash niyatida ortimga qayrildim. Yangam hamon tajubli nigohini mendan uzmasdi. - Yanga, qaytishda nima olib kelayin? -dedim, o`zimni odatdagidek tutib. - Aaa? -dedilar, hayron bo`lib. - Bodroq yoki pista! Qay biridan olay? -dedim. Miyamga kelgani shular bo`ldi. Bilaman seryal ko`rayotganlarida, ermak qilib o`tirishni hush ko`radilar. - Hmm... - jilmaydilar. Demak qo`polligimdan hafa bo`lmadilar, - Har ikkisidan olaqoling... Mashinani yurg`azib, ketarkanman yon oyna orqali, ortimdan kuzatib qo`yayotgan yangamga ko`zim tushdi. Yuzlariga fotiha tortdilar, his qildim oq yo`l tiladilar. Bu holatdan oz bo`lsada ko`nglim yorishdi. Yana bir bor oyimning tanlovlariga taqsinlay aytdim. Oyim xato qilmaydilar, akamlarga qanday juftlar tanlashgan! Aslida shunday ayollarni, farishtaga qiyoslasa yarashadi. Men esa nima qilyabman! Hayotini, eng muhum pallasida, o`ylab qadam bosish o`rniga, ko`rib turib tikanni bosayotgan, osiyga bandaman. Sevgi ilohiy. Uni olloh bandasing qalbiga joylar emish. Lekin olloh nega ko`nglimga Madinani jo qildi? Nega aynan Madina? Yoki bu ishq emasmi? Bolmasa nega doyim u haqida o`ylayveraman?`` Yo`limda ketarkanman, har daqiqada, ko`tarilmagan chaqiruvlar soni otib borayotgan telefonimga qarab, ko`nglim battar hira tortdi. ``Sen qanday ayolsan o`zi? Namuncha telefon qilaverasan?`` Qishloqdan chiqqanim hamoni, yo`l yoqasiga to`xtadim. Yigirmaga yaqin chaqruv! Yetmagandek yana davom etmoqda. Telefonni o`chirib tashlashga qo`lim bormaydi, olishga esa izzat-nafs yo`l qo`ymaydi. ``Bo`ldi yetar, ahir hammasi hal bo`ldi!`` Chala qolgan ohirgi suhbatimz, yodimni bant etti. - Sirli qiz senmiding? - Him... -deya tastiqladi. Hayotim bir onda ostin ustun bo`lib ketdi. Shu lahzadagi uning tastiq tariqasida aytgan ``Him!`` so`zi - yaqin insonimni bu olamdan ketgani haqidagi sovuq xabar singari, qulog`larim ostida jarangladi. - Shayton ekansiz ``Kelin opa!`` -dedim, kinoya bilan. - Unday demang, iltimos! Yana ko`zyoshi quyulib kela boshladi. Endi bu ko`zyoshlar yuragimda rahim-shavqat tuyg`ularini eman, aksincha nafratni uyg`otardi. - Ustamon ekansiz! Uni o`zimdan nari itardim. Ortiq ko`rishni istamaganim uchun, tezroq yonidan ketishni xoxladim. - Iltimos... -degancha qo`limdan ushlab oldi. Qo`limni bir siltadimi uni o`zimdan nari qildim. Ammo ketishimga to`sqinlik qila boshladi. Hech qo`llarimni qo`yib yuborishni istamas edi. - Iltimos meni eshiting, -zorlanib yalina boshladi, - Nega... Nega buncha jahliz chiqyabdi? Ahir kimligimni bilishni juda istagan edingiz-ku? - Koshki edi, bir umur bilmaganimda. - Meni eshiting. Dilimda yomon niyatim yo`q edi... Ortiq uning bechorahol yalishlariga quloq solmay chiqib ketdim. Shularni hotirlar ekanman, telefonda navbatdagi chaqruv yangray boshladi. ``Ko`tarmasam, u savdoyi kechgacha davom ettiradi shekili?`` - ``Tinch qo`y endi?`` -dedim, telefonni ko`targanim hamoni. - ``O`tinaman, meni eshiting...`` -hamon yeg`i aralash gapirardi: - ``Ichimdagilarni aytib olay, bir oz quloq tuting...`` - ``Ayt, qanday yolg`onlaring qoldi yana?`` - ``Sizga hech qachon yolg`on gapirmadim. Nima uchun yolg`onchiga chiqaryabsiz?!`` -dedi tez gapirganidan ovozi bog`ilib. - ``Birinchi kundan yolg`on bilan