MUHABBAT JILG`ALARI: Kuzda uchub Bahor qaytgan TURNALAR... [ VII-YAKUNIY QISM ] RASM Avvalgi qismlar... I- QISM... II- QISM... III- QISM... IV- QISM... V- QISM... VI- QISM... Shoshgancha gilam ustida yotgan bo`yinbog`ni oldi. Oldimni to`sib bo`ynimga osildi. - Keling bog`lab qo`yayin! Ko`zlarini katta-katta ochib kiprik qoqib, bog`lashga kirishdi. - Nima bo`ynimdan bog`lab olmoqchimisan? - Ahir bu... - Er kerakligi esinga tushib qoldimi? Qimtinib, yutunib qo`ydi. Soddagina hammasiga chippa ishonadi qo`yadi. Bog`lab bo`lgach, qo`llaridan o`pdim keyin ikki yuzidan. Bir qoshimni uchurdim. - Qo`rqitish qalay bo`larkan? - Vohli qaytasizmi? - Bilasanmi, bu uchun bo`yindan bog`lash emas... - barmog`imni yuzimga galma-gal teqqazdim. - Sabab kerak! Istagimni darov tushindi. Avval o`ng, so`ng chap yuzimdan o`pdi. - Endi vohliroq kelasizmi? - Hovotir olma, o`pichlaring energiyasi tugaguncha kelaman! Rostini aytsam kechroq qolib ketishim mumkun! - Nimagaaa? - Anovi novcha og`aynim bor-u Alish. O`shani gapi edi... Kech qolishim yoqmaganday, yengil hursunib qo`ydi. - Azizam qaytishimda shakalad olib kelaman. Evaziga sen onamni ko`ngillari olib zerikmay o`tirgim ho`p? - Ho`p! Chiqsam onam ham endigina dadamni kuzatibdilar. - Ah... Oyi dadam epchillik qilibdilar bugun. Duo qiling dadamdan avval borishim kerak! - Omin... Mashinani tez haydamagin! - havotir olganlaridan duo qilayotganlarida ham nasihat qildilar. - To`rt mujang sog`, yo`ling beyhatar, ishlaring barokatli bo`lsin omin! Dadangdan avval boraman deb shoshilma... - Ho`p onam... * * * * * Ishdan chiqganimdan so`ng, Mashinada jo`ralarni yig`ib, Alishlarnikiga olib bordim. Gapimiz yaxshi boshlangandi, to bittasi bugun futbol borligini, Manchestir Yunayet va Leverpolni o`yini bo`lishini aytiyu gapni atalasini chiqardi. Qay kamanda zo`rligi haqida boshlangan baxs sal qolsa mushlashuvga aylanib ketardi... To`rt beshta futbolni ashaddiy fatlarini ko`zi telvizirda, suxbatlari ham faqat futbol haqida. Boshqa tomonda uch, to`rtta bo`ydoq qizlar haqida qizg`in suxbat qurmoqda. Qolganlar aroq ichishyabdi. To`pimdan ajrab qolibman. Futbolga qiziqaman, ammo men birorta jamoaning ashaddiy fanati emasman. Sipirtili ichimliklarga hushum yo`qroq. Bo`ydoqlar davrasidan chiqib, yelkani sadoqat yuki ezib turganda, qizlarni qadu-qomati haqida suhbat qurishim odobdan emas. Qay to`pga qo`shilishni bilmay, yolg`iz qolganimni his qilib qoldim... Quyuq-suyuqlar tortildi, yeb ichdik. Satga qarasam kechki to`qqizdan oshibdi. Deyarli barcha ulfatlarni e`tibori yaqindagina boshlangan futbolda. Birortasi diydorlashib, suxbat qurishni istamaydi. Jo`ralarim bilan xayrlashdimu, chiqib ketdim. Yo`l-yo`lakay do`kondan Barno uchun shakalad sotiboldim. Darvozadan o`tishim bilan hovliga chiqib xush kutib oldi. Avval dadam va oyimga kelganimni xabarini berib, xayrli tun tilab o`z yotog`imga, meni intiq kutgan jufti halolim yoniga oshiqdim. - Yaxshi keldizmi? - O`zingchi zerikmay o`tibsanmi? - Biz ham oyim bilan rosa sayr qildik! - Rostdana... - Him... Cho`ntagimdan shokaladni oldim. - Meni sog`indingmi? - Intizor bo`lib kutdim... - Unda vada qilganimday, bu intizor kutgning uchun! - qo`liga shokaladni tutqazdim. - Manabu mehring uchun! Peshonasidan o`pdim. Dimog`imda hushbo`y qalampir mo`nchoq ifori uruldi. O`zi yotoqqa kirganimdayoq sezgandim. - Honamizdan ajoyib iforlar kelyabdimi? - Mana! -deb sivitirini yengini biroz yuqoriga tortib, bilagini ko`rsatdi. Har ikki bilagida uch chizimdan ipga chizilgan qalampir mo`nchoq tizmasi va bir tizimdan ko`zmo`nchoq. Huddi yoshbolani qo`liga yarashganday unga qo`llariga, jilo bergan. - Ana yana, ana yana, mana yana... Qo`llari bilan har yoqlarga ishora qildi. Pardalarga, yostiqlar tagiga, ko`rpachalar qatiga, ko`zguni ikki yoniga hamma yerda qalampir mo`nchoq... - Qoyile... Yotog`imizni nima qilib qo`yding? Ko`zlarini yarim qisib, bilagidagi qalampir mo`nchoq shodalarini hidladi. - Men juda yaxshi ko`raman, bu iforni! -dedi, yurakdan to`lqinlanib. Quchog`imni to`ldirib, bag`rimga bosdim. Sochlari bo`yidan hidlab dimog`imni chog`ladim. Quloqlarini sal pastrog`idan o`pdim. - Azizam menga sening iforing yoqadi! Shu topda sezib qoldim. Rashkchi hotinim, xali ham menga ishonmay ko`ylagimni hidlab qo`ymoqda. - Nima qilganing bu? - Nima qildim? -o`zni bilmaslikka olib tirjaydi. - Nimani aytdiz? - endigina qog`ozini ochgan shakoladni bir bo`lagini og`zimga solib qo`ydi. - Ayyor nimani o`ylagini bilaman! (Begonana atir isi yo`qmikin deb hidlab ko`rgandi.) - Og`zizni oching! Shakolatdan yana bir bo`lak sindirib og`zimda olib bordida so`ngi lahzada o`zi yeb qo`ydi. Keyin esa kulgancha eshik tomon qochdi. - Hali senga kalaka bo`lib qoldikmi? Qoshlarini uchurib, uchurib kuldida tashqariga chiqib ketdi. Erkalab, ko`ngliga qaraganimdan, zavqi oshib bolakik hislari jo`shib ketmoqda. Bazi-bazida shunday yoshbolaga aylanib qoladi. Bunga sabab yoshlik, bolalik gashtini tuymagani bo`lsa kerak deb o`ylab qolaman. Mayli uni shodligi, ko`zim quvonchi. Hayot, turmush lazzatlaridan yayrab yashaganga yuz karra haqli... Telvizirni yoqdim. Yostig`imni gilam ustiga tashlab, pastga yotib oldim. Charchab kelganingda, tekis, qattiq yerda cho`zilib yotish jonni rohatida. Pultni olib Sport kanaliga qo`ydim. O`yinni ikkinchi tayimi boshlanibdi. Hisob 1 : 1 o`yinni shiddati juda balant. Manchestr darvozasi tomon, jarima zarbasi beldilandi. To`p oldida Jerard. Shunaqangi tepdi, to`p borib ustumga tegib darvozaga kirib ketdi. Darvozabon Van der Sar, Himoyachillar Vidich, Ferdinand ham nima bo`lgani tushunmay qolishdi! Shu payt Barno qaytib teldi. Telvizirda esa Golli vaziyatni takror qo`yishayotgandi. Barno atayin telvizir qarshisiga turib oldi. - Qoch azizam... - O`chiraman! - Kaltak yemaysizmi mobodo? - Shakalad yeyabman-u! -dedida telvizirni kulchatiridan o`chirib qo`ydi. - Hee seni! O`rnimdan sal qimirlaganimni ko`rib, tezda devonni u tarafiga o`tib oldi. Turishga erinib paryostiqni u tomon uloqtirdim. Atayin mo`ljalni notog`ri olib. Barno kuldi. - Ko`p