<a href="../files/library/images/orig/249521.png"><img style="width: 50%; max-width: 240px; height: auto; float: left; clear: both; margin: 10px" src="../files/library/images/big/249521.png" alt="screen" /></a>TELEFON... 8-Yakuniy qism... - Men yotib qoling demayabman, - asta qo`llarimdan tutib oldi, - Shunchaki do`stona suhbatlashib o`tiramiz, ho`p deng? - Uzur Maftuna... Endi qarshimda tuyg`ularini tizginlay olmayotgan ayolni ko`rib turardim. U barmoqlarini barmoqlarim orasiga suqub mushtini tugub oldi. Albatta bu harakatlar do`stning emas, ehtiroslari jo`shib turgan mashuqaning telbanovo harakatlari edi. - Qarang atrofni jimjitligini, yuragizga vohima soladi! Shunday vahtda sizni qo`yib yuborgim kelmayabdi... Huddiki bu gap bilan o`zining harakatlariga izoh berayotgandi yoki men qorang`ulikdan qo`rqib u bilan qolishim kerakdek! Uning bu gapidan kulib yubordim. - Meni qo`rqoq deb o`ylayabsanmi? -dedim. - Rostini aytsam men o`zim qo`rqoqman! - kutilmagan qiyofasi o`zgardi, qo`llarimni yana qattiq changalladi, - Bunday huzurbaxsh tundan keyin ko`zimga uyqu kelmasligi aniq... Ishonsez hozir uyga yolg`iz kirishdan o`lgidek qo`rqyabman. Yo`q demang tongacha yonimda qoling, iltimos! -dedi yolvorgudek ko`zlari mo`ltirab. E`tiroz bildira olmadim. U qo`llarimdan tortib uyiga boshladi. Zinadan asta yuqoriga ko`tarila boshladik. Ichki bir ovoz kirma deydi. Bir yomon ish sodir bo`ladigandek, ko`nglim bezovta. - Maftuna salkam, ikki soatdan ziyod birgamiz. Ehhaaa, qancha suhbatlashdik! - eshigiga ikki qadam qolganda to`xtadim, - Ishonchim komil buyog`iga gaplarimiz qovushmaydi. Yaxshisi men uyga ketaqolay, sen ham kirib damingni olib uhlaaaa! -dedim. - Anchadan buyon hechkim bilan shunchalik miriqib dardlashmagandim. Hozir yelkamdan tog` ag`darilgandek, shunday baxtlimanki tasovur ham qilolmaysiz. Ishoning bu tasurotlarim bilan uhlay olishimga ko`zim yetmayabdi... - u o`ng qo`limni ikki kafti orasiga olib, yolvorgandek termuldi, - Hozir shunchalik qo`rqyabmanki, sizga qanday tushuntirishga a`qlim yetmayabdi... - Maftuna nimadan qo`rqasan ahir o`z uying-ku? - dedim, uni tinchlantirish uchun. - O`zimdagi his-tuyg`ularimni izohlay olmayman! Lekin... - u chap ko`ksini ushladi, - Lekin mana bu yurak, shu chog`da o`z qobig`iga sizmay ketmoqda! Agar shu uyimda, lanati uyimda bir kecha yolg`iz qolsam! Hattoki tirq etgan tovushdan ham, yuragim yorilb ketadi. O`lib qolamanmi deb qo`rqyabman! -dedi. Endi u meni cho`chita bo`shladi. To`g`ri u go`zal ayol, unga termulganim sayin ko`zim quvnaydi. Ammo qolishim bu noto`g`ri. Qo`l siltab ketvoray desam, uning so`zlari chin bo`lib, tonggacha biror nima bo`lib qolsaya, degan o`y qo`rqitadi. - Mayli qolaman! Lekin Maftuna suhbatlashmasak unda nima qilamiz? - Umm... Menda ``SEGA`` degan o`yin aparati bor! - Eee qo`ysangchi! - Juda zo`r o`yinlari bor. Bir safar jiyanlarimga olib bergan edim. Menikiga mehmonga kelishganda rosa o`ynashadi... - Bunday o`yinlardan tez zerikaman! - Unda sizga to`rt pishirib beraman, ikki qavat yo`q uch qavatli to`rt... Faqat ketib qolmasangiz bo`lgani. - Ha mayli, to`rt bilan aldab ko`ndirding! -dedim kulib. U kaliti bilan eshigini ochdi. Ichkariga kirdik. Oyog` kiyimimni yechib, bir chetga qo`ydim. Kurtkamni ilgakka ildim. U balantposhneli etigini yechib, ichkari honaga yurdi. - Siz bemolol o`tira turing, men hozir tezda kiyimimni alishtirib chiqaman! -dedi. - Ho`p! Yana kresloga o`tirib, telvizirni yoqdim. Kanallarni aylantira boshladim. Ko`rishga arziydigan narsa chiqmadi. - Maftuna-a-a! - Labbey... -dedi eshikdan bosh chiqarib. - Boya aytgan o`yiningni olib chiq? -dedim. - Hozir, kiymlarimni alishtirib olay. Orada sal vaqt o`tib, qo`lida karopkaga solingan o`yin aparatini ko`tarib chiqdi. Maftunani uychi oddiy libsda ko`rib, o`g`zim ochilib qoldi. Endi u qarshimda butkul o`zgacha bir olam bo`lib gavdalanib turardi. Engidagi libosi, nozikkina qomadiga juda yarashgandi. Surmalar suzilgan katta-katta shahlo ko`zlar, uzum-uzun kipriklar, qaldirg`och qanotidek terilgan qoshlar! Chiroyli qiyofasida balqib turgan tabassumi. Jilmaygan gul bargidek lablari yoyilib, marvaritdek tishlari qiyofasiga o`zgacha joziba beradi. Tim qora sochlar, o`ng yelkadan oldiga tashlab olgan. Chiroyli oyoqlar, go`yoki soch tolasidan tortilgan dorda yurgandek, nozik va aniq qadam tashlaydi. Maftuna yoshini 28 da degan edi, biroq uning qomadi, 18 yoshdagi qizlik tarovatini umuman yo`qotmagani shundan ko`rinib turardi. Men tomon yurib kelar ekan. Uning ingichka beli, bo`liq sonlari, qizlarga hos tarang siynalarni hatto egnidagi binafsharang, etgagi tizzaga tushgan ko`ylagi ham berkita olmasdi... Beldan pastiga chippa yoshib turadigan lasina kiygan, boshiga esa to`rt enlik rumol bilan sochlarini salgina yeg`ishtirib olgan! Uning ayollik tarovatini ko`rib nafas olishni unitib qo`yayozdim. - O`zingiz ulashni bilasizmi? - dedi qo`lidagi aparatni tutqazib. - Yo`q! U telvizir oldiga cho`kka tushg`ancha, aparat shunurlarini telvizirga ulay boshladi. Ekranda tasvir paydo bo`ldi. U o`rnidan turib, yoniga chorladi. - Bu yoqqa keling... U pultdagi har bir tugmachalr vazifasini tushuntirib, o`yinni qanday o`ynash kerakligini o`rgata boshladi. - Go`zalim buni qanday o`ynashni bilaman! Hissiyotlarim tasirida uni ``Go`zalim`` deya erkalaganimni o`zim ham sezmay qoldim. - Siz maza qilib o`ynayvering. - qo`limga pultni tutqazdi, - Men sizga dunyodagi eng mazali to`rtni tayorlab beraman! Chehrasi gul-gul ochilib, lablarida tabassum o`ynardi. Ammo yuziga surilib qolgan allaqanday qora bo`yoq izlari chiroyiga soya solib, g`ashimga tegardi. - To`xta Maftuna. - uning bilagidan tutdim, - Yuzingga qora tegibdi. - Qayeriga? -dedi yuzilarini artishga chog`lanib. - Mana-bu yerga! Qora dog`ni artib tashlash uchun uning yuziga qo`limni teqqazdim. Yuzidagi dog` emas, shunchaki tepamizdagi qandil shulasidan tushayotgan soya ekan! Ammo uning yuziga barmoqlarim tegib, yuzlarida sirpanana boshlaganda u ajib entiktirib ketti. Bosh bormog`imni titrayotgan lablari ustida asta teqqazganimda, ko`zlari ehtirosdan qiyilib ketdi. Shu lahzada o`zligimni unutib qo`ydim. - Jonim sen juda go`zalsan! -dedim beyihyor shivirlab. Uning ko`zlari suzib, asta yumildi. Bo`saning totli, boliga tashna lablarim, uning lablariga bir sonya tutashdi. U o`zini yo`qotib, jizmini ortga tashladi. Qanday qo`lib ko`tarib olganimni o`zim ham anglamay qoldim. Uning hayajondan entikib boqayotgan ko`zlari, meni umuman es-hushimdan ayirib qo`ydi. * * * Tong hali yorishmagan. Torgina yotoq devonda shiftga termulib yotibman, quchog`imga kirib olgan Maftuna boshina yelkaga qo`ygancha sokin nafas olib uhlab yotardi. Men esa go`yo ehtiroslar ehromida tunab qolgan, oshiqdek hamon visol lazzatidan sarhush edim. ``Maftunam bebaho go`zalim!`` Ayol kishi bilan birinchi bor yaqinlik qilganim boyis, vujudim hamon o`zgacha hislar tasirada edi.