<a href="../files/library/images/orig/249508.png"><img style="width: 50%; max-width: 240px; height: auto; float: left; clear: both; margin: 10px" src="../files/library/images/big/249508.png" alt="screen" /></a>TELEFON... 6-Qism... U o`rnidan turdi. - Maftuna men endi ketaman. Uzoq o`tirb qoldim! -dedi. - Shunday ketaverasizmi? O`rnimdan turib, unga biroz yaqinlashdim. - Yo`g`ee, ustimga kurtkamni kiyib olaman! -dedi kulib. - Yo`q men buni nazarda tutmadim! - Tushundim nima nazarda tutganingni. Men shunchaki kayfiyatingni ko`tarmoqchi edim! -dedi ko`zini bir qisib. - Haaa! - hazilini manosini tushunib, jilmaydim, - Meni unitvormang-a? - dedim uning samimiy boqishlaridan allanechuk entikib. - Sen yurakdagi sirlaringni ishoib, yelkamga ortib qo`yding. Endi istasam ham seni unutmasam kerak... - Sizdek do`stim bo`lishini istardim? -dedim do`stlik rishtalarini bog`lashga umid qilib. - Yaxshi... Umid qilgandimu, biroq kutmagandim. U qo`lini cho`zdi. Sevinchim ichimga sig`may ketti, tezda qo`llaridan tutdim. - Endi do`stimsiz-a? -dedim ko`zlariga qarab, hamon ishongim kelmay. - Ha... - uning chehrasiga samimiy tabassum yoyildi, ikki qo`llab yelkalarimdan tutdi, - Do`sting sifatida yana bir maslahatim. Sen yoshsan, go`zalsan hali hayoting oldinda. Unutvor. Yomon hotiralarga o`ralashib qolma. Yolg`izlikni o`zinga hohroh qilma. Hali tenging uchraydi. O`shanda uni etagidan mahkam tut. Turmushga chiq, oylali bo`l. Mana ko`rasan olloh farzandlar beradi. Hali eng baxtli ayol bo`lasan. Sen baxtli bo`lishing kerak Maftuna... Bunday niyatlardan so`ng o`zimni tutolmay uni quchoqlab olibman. Bu kutilmagan harakatimdan mendan ko`ra u ko`proq hijolat tortdi. Ohista yelkalarimdan tutib, o`zini nari tortdi. - Maftuna sayr qilib kelmaymizmi? - Hozirmi? - bu taklifdan biroz hayron qoldim, - Soat bir bo`layabdiku? - Nima bo`libdi? - jilmaydi, - Biroz tozza havoda aylanib kelamiz! -dedi. - Rostdanmi? - Rostdan, - jilmaygancha yelkalarimni salgina silab qo`ydi, - Bor kiyin, kechki shaharni bir aylanib kelamiz! - Ho`p bo`ladi... Sipalniga kirdimiu, shikafimni ochdim. Tezda kiyindim. So`ng oyna qarshiga o`tirib pardoz qilib, o`zimga qarab oldim. - Mana tayyorman! - Men ham tayyorman, yur... U jentelmenlikni unutmadi. Eshikni qulflab zinadan tusha boshladik. Yonimda ishonchli hamrohim bor. Shuni his qilganim boyis, hech narsadan cho`chimasdim, havotirlanmasdim. Meni tushuna oladigan, to`g`ri maslahat beradigan inson bilan do`stlashganimdan, bundan shunchalar baxtiyor edim! Asta qo`llarimni qo`llari orasidan o`tqazib oldim. Shu holatda ko`chaga chiqdik. U shu yaqin atrofda ochilgan tungi kulub yaqinidagi tuni-kun ishlaydigan kefega borib kelishni taklif qildi. Men rozi bo`ldim. Juda sekin qadam tashlab, yo`l chetida suhbatlashib borardik. U qiziq-qiziq voqealar aytib berardi. Men esa jimgina unga yelkamni suyagancha tinglardim. Kafega yetib borganimizda qiziq voqea sodir bo`ldi. Unda ham, menda ham pul yo`q ekan. Ammo u kafega kirib bittadan tort bo`lagi va issiq qahva olib chiqdi. Tashqarida skamekada o`tirib yedik-ichdik. So`ng shu zayl ortga qaytdik. - Sevganingiz bormi? - so`radim yo`l-yo`lakay, - Sevgan qiziz! - Senga shu qiziqmi? -dedi. - Ha, judayam... -dedim unga o`zimni yaqin tutib. - Bor edi! - yeka qisgancha, - Endi yo`q! -dedi. - Nega? - Erga tegib ketti! ``Shunday yigitni tashlab, boshqasini istab ketgan qanday tentak qiz ekan o`sh?`` - Bunga qanday yo`l qo`ydiz? Nahotki uni ushlab qololmagan bo`lsayz? -dedim kuyunib. Men savollar yog`diraverdim. U sokinlik bilan javob qaytaraverdi. Gaplashib uyga yetib kelib qolibmiz. Biz sayrga sarf etgan fursat juda oz bo`ldi. Lekin u bilan o`tgan har daqiqalarim mening hayotimdagi eng yaxshi, qalbim hotirjamligida, baxtiyorlikda o`tgan damlarimdan biri boldi... U hayrlashish fursatini kutayotgani seza boshladim. Yuragim yana bezovta. Undan sira ham ajralgim kelmaydi. Hozir u ketib qoladi va men uyimga yolg`iz qaytib kiraman. Huddiki uyim meni yutib yuboradigandek tuyulardi! - Maftuna sayr yoqdimi senga? - Judayam yoqdi, - uni qo`yvorishni istamay bilaklaridan qattiqroq tutdim, - Sizdan sira ajralgim kelmayabdi, do`stim! -dedim. - Lekin Maftuna men uyga qaytishim kerak. - Tongda ketarsiz, buguncha menikida qolaqoling? - Birovni uyida yotib qolishga odatlanmaganman! -dedi, jahli chiqqandek, ketar tomoniga qarab. - Men yotib qoling demayabman, - asta qo`llaridan ushladim, - Shunchaki do`stona suhbatlashib o`tiramiz, ho`p deng? - Uzur Maftuna... Hamon uni qo`yib yuborishni istamayman. Uning barmoqlari orasiga, barmoqlarimni suqub mahkam changallab oldim. - Qarang atrofni jimjitligini, yuragizga vohima soladi! Shunday vahtda sizni qo`yib yuborgim kelmayabdi... U kulib yubordi. - Meni qo`rqoq deb o`ylayabsanmi? - Rostini aytsam men o`zim qo`rqoqman! - uni qo`llarini yanada qattiq siqdim, - Bunday huzurbaxsh tundan keyin ko`zimga uyqu kelmasligi aniq... Ishonsez hozir uyga yolg`iz kirishdan o`lgidek qo`rqyabman. Yo`q demang tungacha yonimda qoling, iltimos! Javobini kutmay uning qo`llaridan tortib, uyga boshladim. Ammo bu kechani yakuni qanday tugashini o`ylamagan ekanman... * * * * * ASQAR: - Maftuna bir qarashda, baxtli ayolga o`xshaydi. Ishi bor, uyi bor, chiroyi bor. Ammo shunga yarasha dardlari ham bor ekan. - Hammasi shu! - deya so`zlarini yakunladi, istirbga to`la nigohlar, alamli tabassum bilan tikildi, - Hammasi shu, sizga yuragimni shundog`ligicha ochdim... -dedi. O`ylanib qoldim. Shuncha sirini, faqatgina menga ishongan ayol. Bunga sabab meni o`ziga yaqin bildi va qandaydur ruhiy madat bera olishimga ishondi. Men esa ishonchning masulyatini his qilgan holda, uning dardiga malham bo`laoladigan so`zlar topishim kerak! Lekin buni qanday uddalashga hayron edim. Chunki hali o`zim ham yoshman, hayotiy tajribam kam! Nari borsa 20 gayaqin kitoblar o`qiganman. Shulardan 2, 3 tasigina badiy kitoblar. Diniy bilimim ham yuqori emas. Bilmadim bu ozgina tajriba, bilim bilan uning dardiga malham surishga aqlim yetarmikin? ``Ollohim o`zing mada ber!`` - Maftunaxon! -deya gapni uzoqdan boshladim. - Hoo, labbay! -dedi pichirlagancha ko`zlari multirab. - Ayol kishidan yosh so`rash odobsizlik aaa? - Hmm.... Tajjublanib qaradi. U tomonga surib tinmay etagini changallab, titrayotgan qo`llarimdan tutdim. Albatta bu yomon ko`ngilda emas, meni ruhan his etishi uchun. - Lekin sizdan so`rayman yoshiz nechada? - 28! -dedi o`ylab o`tirmay. Nargiz unga opa deb murajat qilganidan, 30 yoshlarda deb tahmin qilgandim. O`shanda deyarli unga e`tibor bermagandim. Ammo hozir u yonimda. Qizlardek qomati, yoshlardek qiyofasidan qo`rqmay aytaman, har qanday inson bir qarashda 20 yosh beradi. Men o`zim Nayabrda 23-yoshga to`lib, 24 ni qarshi oldim. Biyalagik jihatdan undan anchagina kichik ekananman. - Sizdan kichik ekanman. Sen deb murojat qilsam