MUHABBAT JILG`ALARI: Birinchi muhabbatim... RASM Avvalgi 1 - 2 - 3 - 4 - 5 - 6 - 7 - 8 - 9 - 10 - Qismlar... (11 - Yakuniy qism...) Oydin tunda suhbatlashib, biz o`zimiz ``jin ko`cha`` deb ataydigan muyulishga kelganimizda, oy yon tomonimizga o`tib, soyalarimiz ariq bo`yidagi tollar poyiga yonboshladi. Shu top birdan Shirin vahima aralash, huddi sharpalar taqib etayotganday o`sha tomonga ko`z tashlab pinjimga kirib ketguday yaqinlashdi. - Nima! -avvaliga tajjublandim, lekin qo`rqayotgani tezda fahimladim, - Tinchlikmi? - Shu... Shu tollarni kesib tashlashmadida! Kimga kerak o`zi! -dedi, qo`rqayotganidan ovozida salgina qaltiroq turib. - Iya!.. Gullar malikasi, qo`rqib kettingmi? - kuldim, -Men yoningdamanku!... - o`zimni botir ko`rsatib Shirinni bu yoniga o`tqazdim. Yelkasiga do`stona qo`l tashlab oldim. - Qo`rqma men har kuni shu yerdan o`taman. Qo`rqsang kalima qaytar, yaratganni o`zi asraydi har qanday balo qazolardan. Aslini olganda o`zim ham juda botir emasman, ins-jinslar borligiga ishonaman. Shuni uchun beymahalda, doyim kalima qaytarib yuraman, ayniqsa bu tunda vahimali bo`lib qoladigan yo`ldan yurganimda. O`zimham ichimda kalimda qaytara boshladim. Shirin esa astoydil ovozini chiqarib shivirlagancha kalima qaytarardi. Shu top, tollar panasida allina shitirladi. Shirin yanada qaltirab, pinjimga suquldi. Oy oydin bo`lsada, tollar panasida bizga qarab turgan sargimtir jonvorga ko`zim tushdi. Engashdimu, yo`ldan biri tuhumday, biri yong`qday keladigan toshlarni olib, o`sha tomonga ketma-ket uloqtirdim. Biriga chap berib qochidiyu, ikkinchisi borib oyog`iga tegdi... Eeh bechora it vangillaganch qochib qoldi. - It ekankuuuu! - dedi Shirin ko`ksiga ``tuf-tuf`` deb tuflab qo`yarkan. - Eee gullar malikasi... Seni deb Qodir novvoyni begunoh kuchuki, kaltak yediya! - Ayib egasida, kech bo`lganda, eshigini berkitib qo`ymaydimi?! - Qo`rqib ketdingmi? - uni tinchlantirish uchun asta uning qo`llaridan, tutdim, - Yoningdamanku, qo`rqma! - Rosa kech qoldikda! - allanechuk sovuqqina, qo`lini tortib oldiyu, ildamlab qadamini tezlatdi, - Tezroq yursak bo`lardi... Indamay ortidan yurdim, biroz yurgach sekinlab ortiga qayrildi, boyagi ishidan keyin gapirshdan to`xtab jiddiylashib qolganimni ko`rgach, ko`nglimni ko`tarishni istadimi jilmayib qarab, yelkalarimiz tegar darajada yaqinlashib oldi. - Shirin senga bir qiziq narsa aytib beraymi? -dedim, salgina ko`z tashlab. U bosh irg`adi. - Bir kuni yoshina yurak onasidan beyso`roq yolg`iz sayrga chiqibdi. Sakrab o`ynab, hiyobon aylanib yurar ekan, nogoh qarshisidan o`ziga oxshagan yana bir jajji yurakcha chiqib qolibdi... -dedim, unga termulib, birzum jim qoldim. - Keyinchi? - qiziq tuyulgandek u kuldi, - Shu holosmi? - ``Kel ikkimiz do`st bo`limiz`` deb aytibdi birinchi yurakcha ikkinchisiga qo`l uzatib. Ikkichi yurakcha ham birinchisini qo`lidan tutibdi... Ikki yurakcha do`stliklaridan baxtiyor bir, birlariga jilmayib qarashibdi. Birga sayr qilishibdi, o`ynab kulishibdi. Tushga yaqin, biroz charchoq yozish uchun yo`l yoqasidagi o`rindiqqa o`ltirishibdi. Shu choq ko`zlari biroz narida ularni diqqat bilan kuzatib turgan alomat kimsaga tushibdi... - Alomat kimsa? -dedi yanada qiziqib. - Ha, darvesh kiyimidagi alomat kimsa... O`sha alomat kimsa, ikki yurakchani yoniga kelib ulardan so`rabdi: sizlar bir-biringizni sevasizmi? Ikki yurakcha baravariga yo`q degan javobni aytishibdi... Shunda alomat kimsa nima debdi bilasanmi? -dedim Shiringa qarab. - Yo`q! - U alomat kimsa qah-qah otib kulibdi va shunday debdi. Muhabbat aslida bu tuyg`u oshiqlar tillarida unsiz kechadi. Zero, chin oshiqlarning tillari emas dillari so`zlaydi, debya ularning orasiga suqulib o`rindiqqa joylashibdi. Avval ikkinchi yurakchaga qarab jilmayibdi va birinchi yurakchaning qulog`iga shivirlab shunday debdi: Yonindagi yurakcha sening qalbinga egalik qiladi, sen esa unikiga, bundan benihoya baxtiyor bo`lasan, lekin shuni unutmaginki hali sizlarni hijron atalmish yovuz taqib etadi... - Hijron... - Shirin shivirladi, bu aytayotganlarim biz haqimizda ekanligini tushunib, - Naqadar yovuz so`z! -dedi, homushgina menga qarab. - Ha, yovuz! - Yana jurat etib Shirinni qo`llaridan tutdim va so`zimni davom ettirdim, - Alomat kimsa yana shunday dedi: Hijronni yovuz deb atashga shoshmang! Hijron bu oshiqlarning ko`ngillariga misilsiz istiroblar yog`diruvchi va ularning muhabbati nechog`lik sof ekanligini sinovchi tuyg`udir! So`ng alomat kimsa ikkinchi yurakcha tomonga o`grilda va uning qulog`iga ham shivirladi... -dedim. Gapirishdan to`xtadim. Oraga bir muddat jimlik cho`kkandan so`ng Shirin boshini ko`tardi. - Alomat kimksa ikkinchi yurakchaga nima dedi? - Bilmadim! - ko`zlariga qarab, bosh chayqadim, - Bilmadim... Lekin sen bilasan! - Menaaa? - Ha... - aytganlarimni sharhlay boshladim, - Birinchi yurakcha bu sen bilgan inson. Ikkinchi yurakcha men bilgan... Bu ikki yuarakcha tanishgan sayr qilgan, o`zlarini baxtiyor etgan makon ishq saltanating bog`lari edi. Ularga uchragan alomat kimsa esa, o`sha ishq saltanating darvesh qiyofasidagi qiroli yani muhabbat... Hozir o`sha ishq saltanating qiroli muhabbat, birinchi yurakchaning qulog`iga shipshigan so`zlarni senga aytib berdim. Ikkinchi yurakchaga aytganlarini esa, sendan bo`lak hechkim bilmaydi! Agar meniga ham aytish istaging bo`lsa, jon qulog`im senda... Shirin so`zlarim ma`nosini, nimaga shama qilganimni allaqachonlar tushunib bo`lgan. Biroq javob qaytarishga ojiz ekanligini juda yaxshi bilaman. Bunga esa yetarlicha sabablari ham bor. Oraga uzoq jimlik cho`kdi. - Shirin... - so`zimda davom ettim, - Yoshligimizda o`ynagan o`yinlarimiz esingdami? - Qaysi biri? -dedi.