MUHABBAT JILG`ALARI: Birinchi muhabbatim... (1 - Qism...) MUQADDIMA. Tun oydin, lekin oy tevaragida unda-bunda bulutlar suzub yurar edi. Shirin bilan yaqin jo`ramning to`yidan qaytayotgan edik. Birozgina shanpan ichganim uchun sarhushligim bor edi, shu sabab yana hamrohimni zeriktirib qo`ymaslik uchun og`zim tinmay, do`stimning to`yi zo`r o`tgani, kuyov jo`ralikni do`ndirganim, davrani rosa qizdirganim haqida so`zlab maqtanar edi... Shirin esa, istar-istamay menga quloq tutar, ilojini boricha ildam yurar, sezdirmaygina goh-goh hursunib qo`yardi. Uning qulog`i menda bo`lsada, hayoli umuman boshqa tomonda. Tahmin qilardim, uning hayollarda nimalar borligini. Tushunaman ruhsat etilgan vaqtdan ancha kech qolganimiz uchun onasi urishib berishidan havotirda edi. Biz o`zimiz ``jin ko`cha`` deb ataydigan muyulishga kelganimizda, oy yon tomonimizga o`tib, soyalarimiz ariq bo`yidagi tollar poyiga yonboshladi. Shu top birdan Shirin vahima aralash, huddi sharpalar taqib etayotganday o`sha tomonga ko`z tashlab pinjimga kirib ketguday yaqinlashdi. - Nima! -avvaliga tajjublandim, lekin qo`rqayotgani tezda fahimladim, - Tinchlikmi? - Shu... Shu tollarni kesib tashlashmadida! Kimga kerak o`zi! -dedi, qo`rqayotganidan ovozida salgina qaltiroq turib. - Iya!.. Gullar malikasi, qo`rqib kettingmi? - kuldim, -Men yoningdamanku!... - o`zimni botir ko`rsatib Shirinni bu yoniga o`tqazdim. Yelkasiga do`stona qo`l tashlab oldim. - Qo`rqma men har kuni shu yerdan o`taman. Qo`rqsang kalima qaytar, yaratganni o`zi asraydi har qanday balo qazolardan. Aslini olganda o`zim ham juda botir emasman, ins-jinslar borligiga ishonaman. Shuni uchun beymahalda, doyim kalima qaytarib yuraman, ayniqsa bu tunda vahimali bo`lib qoladigan yo`ldan yurganimda. O`zimham ichimda kalimda qaytara boshladim. Shirin esa astoydil ovozini chiqarib shivirlagancha kalima qaytarardi. Shu top, tollar panasida allina shiriladi. Shirin yanada qaltirab, pinjimga suquldi. Oy oydin bo`lsada, tollar panasida bizga qarab turgan sargimtir jonvorga ko`zim tushdi. Engashdimu, yo`ldan biri tuhumday, biri yong`qday keladigan toshlarni olib, o`sha tomonga ketma-ket uloqtirdim. Biriga chap berib qochidiyu, ikkinchisi borib oyog`iga tegdi... Eeh bechora it vangillaganch qochib qoldi. - It ekankuuuu! - dedi Shirin ko`ksiga ``tuf-tuf`` deb tuflab qo`yarkan. - Eee gullar malikasi... Seni deb Qodir novvoyni begunoh kuchuki, kaltak yediya! - Ayib egasida, kech bo`lganda, eshigini berkitib qo`ymaydimi?! - Qo`rqib ketdingmi? - uni tinchlantirish uchun asta uning qo`llaridan, tutdim, - Yoningdamanku, qo`rqma! - Rosa kech qoldikda! - allanechuk sovuqqina, qo`lini tortib oldiyu, ildamlab qadamini tezlatdi, - Tezroq yursak bo`lardi... Indamay ortidan yurdim, biroz yurgach sekinlab ortiga qayrildi, boyagi ishidan keyin gapirshdan to`xtab jiddiylashib qolganimni ko`rgach, ko`nglimni ko`tarishni istadimi jilmayib qarab, yelkalarimiz tegar darajada yaqinlashib oldi. - Shirin senga bir qiziq narsa aytib beraymi? -dedim, salgina ko`z tashlab. U bosh irg`adi. - Bir kuni yoshina yurak onasidan beyso`roq yolg`iz sayrga chiqibdi. Sakrab o`ynab, hiyobon aylanib yurar ekan, nogoh qarshisidan o`ziga oxshagan yana bir jajji yurakcha chiqib qolibdi... -dedim, unga termulib, birzum jim qoldim. - Keyinchi? - qiziq tuyulgandek u kuldi, - Shu holosmi? - ``Kel ikkimiz do`st bo`limiz`` deb aytibdi birinchi yurakcha ikkinchisiga qo`l uzatib. Ikkichi yurakcha ham birinchisini qo`lidan tutibdi... Ikki yurakcha do`stliklaridan baxtiyor bir, birlariga jilmayib qarashibdi. Birga sayr qilishibdi, o`ynab kulishibdi. Tushga yaqin, biroz charchoq yozish uchun yo`l yoqasidagi o`rindiqqa o`ltirishibdi. Shu choq ko`zlari biroz narida ularni diqqat bilan kuzatib turgan alomat kimsaga tushibdi... * * * Dam olish kuni edi. Oyim ikki bor uyg`otganlariga ham qaramay, yuzimni qattiq bosgancha, yostiq quchoqlab, shirin uyqumni buzgum kelmay yotardim. Oyim uchunchi bor xonamga kirganlarida uyg`otib o`tirmadilar. Tezda qaytib chiqib ketdilar. Sal o`tib esa ko`chada yotgandek, kuzning sovuqqina havosidan tanam junjuka boshladi. Uyqusiragancha choyshobni ahtarib paypasladim. Topolmagach, uyg`onishga, o`rnimdan qo`zg`olishga majbur bo`ldim. ``Voooh onam, onajonim-aaa!`` Ustimdagi choyshobni olib, ko`chaga qaragan derazani lang ochib qo`yibdilar. Bu ham sovuq kunlarda uyquchilarni uyg`otishni samarali yo`li ekanda! Esnoqdan qutulolmay, ko`zimni uqalagancha, birinchi navbatda quvvatlagichga qo`yilgan telifonimni oldim. Yuruqlikdan ko`zim jimirlab, senses ekranini siypalarkanman soat tongi 6:10 ligini ko`rib norozi qiyofada oshxonada yurgan onamga bir qarab qo`ydim. ``Nega biznikida sahar-mardonlab uyg`otish odatga kirgan-aaaa! Yana 20 minutcha uhlasam bo`lardi-ku!`` O`zimga-o`zim arzidod qilgan bo`ldim. Baribir uyqu buzlganidan so`ng qaytib uhlash mazza emasda. Yengil harakatlar bilan, chigilimni yozib, tanamni qizdirgancha biroz jismoniy mashiqlar qildim. Foydasi tezda sezildi chog`i, boya tanamni junjuktirib, asabimni buzgan sovuq havo endi dimog`imga hush yoqib, kayfiyatimni ko`tardi. Qishloq chetida, dalalar bo`yida yashashning ham o`zgacha gashti bor. Tongi shudring, yoqimli epkin, kislarodga boy havo. Deraza qarshisiga borarkanman, toza havodan simirib-simirib o`pkamni to`ldirdim. ``Vooh kuzning mo`jizasini!!!`` Yo`lning narigi tomonida devorsiz chorbog` bor. Chorbog`ning qirg`og`iga ekilgan ikki qator teraklarda yakka-dukka bargi qolibdi. Qolgani esa go`yo siriq, qizg`ich, zarg`aldoq rangli gilam to`shalgandek yo`lga to`kilibdi. Deraza tokchasiga tizzamni qo`ygancha, bu go`zal manzarani telifonda suratga oldim va darxol ekran foniga joylashtirdim. Chorbog`ni u tomonida Toshtemir fermerning jo`hori ekilgan katakon dalasi bor. O`sha tomonga ko`zim tushdi. Dala ichida jo`xori poyosidan so`ta qayirayotgan odamlar ko`rindi. Derazadan boshimni chiqarib atrofga qaradim. Fermerni o`g`li Sherali allaqachonlab turib, hosilni yig`ishni boshlabdi. ``Mana qanday odamlar bor! Biz g`aflat bosib yotganimizda bular allaqachon ishni boshlagan. Shuni uchunam topganida baraka bor. Meni esa onam 6:10 uyg`otganlaridan hafa bo`lib o`tiribman-aaa!`` Fikrimni o`qigandek oshxona tomondan onamning jarangdor ovozlari keldi: - Rustam... Turaqol o`g`lim... Onamning ovozlariga taqlit qilgancha, katakdagi kurkalarim ham ``quli-quli, quli-quli`` deya ovqatimni ber deganday ovoz qilishdi. - O`rnimdan turdum mana... Onamga javob qaytarakanman, dalada ishlayotganlarga havas bilan tikildim. Sherali jo`horini sotadi, unga pulini berib, yarim presep olsam bo`larkan. Dikuga solib yanchitib, kurkalarga bersam zo`r semiradida. Yangi yilda opam, pochcham, jiyanlaim kelganda duhobkada pishirardik... Ertalabdan ko`ngilga yaxshi niyatlarni joylab, derazani berkitib xovliga chiqdim. Yuz qo`limni yuvib, kurkalarga yemishini bergach nonushtaga o`ltirdim. - Oyi mashina qani? Dadam biror joyga kettilarmi?