ARMON... (Voqea o`z hayotimdan. Shuning uchun ismlar o`zgartirilgan) Armon! Bu yaramas so`z atigi beshtagina harfdan iborat. Lekin shu besh harf yurakda chuqur iz qoldirsa bundanda og`irroq dard bo`lmasa kerak... Ukami unashtirib qo`ygandik. 2015 yilning oktiyabr oyi. Quda tomon keldida, to`yni tezlatishni so`radi. Bo`lajak kelinni buvisi hasta ekan. Nabirasini to`yini ko`rib qolish ilinjida. Qudalar safar oyi kirmasdan to`yni o`tqazib yuboraylik deyishdi. Onam shoshib qoldilar, ikkita to`yni bir kunda o`tqazish uchun, manga qiz izlab qoldilar. Durdonadan keyin, hali uylanishga ruhan tayyor emasdim. Ruhiy xolatimni tushungan ota-onam ortiqcha bosim o`tqazishmadi. Qatiy turib oldim, yo`q hozir uylanmayman. Quda tomonni boshqa sharti chiqdi. To`y qilmas ekansiz, qizimizni boshini bog`lamang! Ukam, akamdan oldin, uylanmayman deb turib oldi... Ota-onam bir birlariga ko`ngil qo`yib turmush qurishgan. Shuni uchun hech qanday qarshiliksiz, akamga sevganini olib berdilar. Mangaham o`z yoqtirganimni olib bermoqchi edilar. Afsus nasib qilmadi, eni bo`lsa ukam o`z suyganiga uylanmoqchi. Man sabab ukami bu ezgu niyati amalga oshmaydigan bo`lib turibdi... Og`ir bo`lsaham ukamga hudbinlik qilayotganimni tushunib turardim. Gap so`zlarga qaramay, ukamga uylanaverishini uqtirdim. Butun oylamiz yig`ilganda, ukamga uylanaverishini tayinladim. Avvaliga hecham ko`nmadi, siz bilan birga uylanaman deb. Zudlik bilan manga tegadigan qiz topishsa. Ko`nglimdagi uchraydimi yo`qmi. Agar u qizga ko`ngil qo`yolmasam, yo u menga ko`ngil qo`ya olmasa. Hayotim akam va kelinoyim yoki ota-onamiki kabi totuvlikda o`tmasligi mumkun. Bir amallab shularni, butun oylamiz oldida tushuntirdim. Baxtimga hammalari mani nimalar xis qilayotganimni tushunishdi... Qudalar bilan kelishgan, xolda nayabrni boshida. Safar oyi kirmasidan oldin to`yni o`qazib yuborish kelishib olishdi... Oktiyabirni o`rtalari, bir falokat tufayli oyog`imni sindirib oldim. Bu og`riqli holat ammo ayni ko`nglimdagi ish bo`ldi. Birov nega ukang sandan oldin uylanyabdi desa oyog`imni ko`rsatardim... Nihoyat to`y kuni keldi, oyog`im gipisda. Yor-yor sadosi ostida ukam yori bilan xovliga kirib keldi. Hassamni qo`ltiqlaganimcha qarsak chalib turardim. Ukamni baxtini ko`rib turamanu, o`zimmi yuragimni armon hissi ezadi. Biroz o`tib akam, kelnoyim, singlim va mani tabrik so`zi aytishga chaqirishdi. Bir misra sher bilan chiroyli tabrik so`zi aytdim. Mikrafonga gapirar ekanman, atrofga qaramaslikka, o`zimni hursand ko`rsatishga urunardim. Shu bilan o`yin navbati berildi, undan so`ng davra qizib ketdi. Hammani ko`zi, o`rtada sho`x o`ynayotgan ukamni o`rtog`larida. Sekin o`zimni chetga oldim, tomarqa oralab orqa eshikka yurdim. Yo`l yo`lakay aroq yashigini ko`tarib olib orqa tarafga bog`ga chiqdim. O`sha Durdona bilan uchrashadigan bog`imizga. 50 metircha ichkariga yurdim. O`rik daraxtini tagiga kelib qo`limdagi aroq yashigini to`ntarib, undan stul o`rnida foydalandim... Durdona, uni singlisi Shirina bu ikki qizni tarbiyasi bilan rahmatli buvisi shug`ullangan. Buvisi onatili-adabiyot fani o`qtuvchisi bo`lgan. Shuni uchun hujrasida ikkita shikafda har-xil kitoblari bor edi. O`zi telvizir, radioni yoqtirmaydi. Shuni uchun ko`zi xiraligini aytib Durdona, yoki Shirinaga kitob o`qitardi. Yuragi hasta buni ustiga ko`chada o`ynay olmaydigan, Durdona. Opasini yolg`izlatib qo`ymaslik uchun opasiga dugonaday bo`lib qolgan Shirina uchun bu ayni muddoa edi. Buvisi nabiralarini bu yo`l bilan manan yetuklikka erishtirgan ekan. Durdona bilan ilk sevishib gaplasha boshlaganimizda tushunganman. U mandan manan ancha o`zib ketganini. U bilan gaplashgan odam huddi kitob varoqlaganday bo`lardi... Mani kitoblarga o`rganishimga Durdona sabab bo`lgandi. Uni yonida ham jismonam ham manan ustun bo`lish uchun. Qo`limga qanday narsa tushsa gazetami, yo kitob o`qiyverardi. Har kuni yotishimdan avval bir soat vaqtimni birornima o`qishga sarflardim. Internet rivojlanib ketganidan keyin, o`qish uchun qiziqarli narsa topishim yanada osonlashdi... Oyog`im singandan beri, internetdan Pirimqul Qodirovning, Yulduzli Tunlar asarini java kitobini yuklab olib o`qiyotgan edim... Bobur Samarqanda qamalida qolgan edi. 50 yoshli Shayboniyxon Boburni opasi Honzodabegimga yashirincha sevgi maktubi bitib. Manga xotin bo`lsayz ukanga tegmayman mazmunida vada bergandi. Bobur qamalni yorib chiqib ketishga tayyor turganda. Opasi, ukasini qutqarish uchun boshqa darvozadan chiqib Shayboniyxonni taklifini qabul qilgandi. Asar judayam tasirli shuni uchun o`qishdan to`xtab ko`zlarimni yumdum. O`sha paytlardaham g`irromliklar ko`p bo`lgan ekan. Asardan biroz yirog`lashib, Durdonani go`zal chehrasini hayolimda gavdalantirdim... - Pochcha, pochchajon! -huddiki Durdona gapirganday bo`ldi. Shundoq ko`zlarimni ochib yon tarafga qaradim. Ustiga qizil sivitir kiyib olgan Shirina man tarafga kelardi. - Assalom akaykum! - Va'alaykum! - To`yga rozi bo`lib, endi o`ziz, hammadan qochib o`tiribsizmi? - Yo`q, shunchaki! -dedimda biroz suruldim. Torgina yashikning yarmi ochildi. Shirina manga yelkasini tekkazib bir chetiga o`tirdi. Qo`lini cho`zib gipis oyog`imdan ushladi. - Og`rimayabdimi? - Nega og`riydi, gipisdaku! - Pochchajon, nega siz uylanmadiz? - Siz ham shu savolni bermang iltimos! -dedim. - Opamjonimning olamdan o`tganlariga ikki yil bo`ldi, hurmatham shuncha bo`ladi. Oyim, dadam siz haqizda ko`p gaplashadi, endi uylanasaham bo`lardi... Sizni ko`rib oyimham dadamham qiynaladi! - Dadayizham qiynaladimi? - Ha! - To`g`risini aytsam dadayzni yomon ko`raman! -dedim. - Nimaga? -dedi hayronsib. - O`shanda, qizim 20 ga kirsin demasdan, to`yga rozi bo`lganda. Hozir Durdona bilan baxtli yashayotgan bo`lardik, yuragini davolatardik! - O`ziz bilasiz, do`ktirlar aytdi, bu xastalik tug`ma, shu yoshgacha yashaganini o`zi bir mo`jiza deyishdi! Keyin dadamgaham oson tutmang, bir yil ichida boshlariga qancha kulfat tushdi. Avval qizlari, keyin onalari buni ustiga akami oylasi buzuldi. Eyy kelnoyimham yaxshi chiqmadida! -deb hursundi. - Kelnoyingiz yaxshi ayol edi! - Yo`q u akamga hiyonat qilgan! - Buni sizga kim aytgan? - Akam! -dedi. Bey ehtiyor g`azabim keldi. - Akayzni o`zi paskash ekan! -dedim. Shirina savolomus man tarafga qaradi. - Akayz sizlarni aldabdi. Siz bilmasez kerak, bir necha yil avval opayz bilan shu yerda uchrashib yurardik! - Bilaman! - Unda sizga aytgan bo`lsa kerak? - Nimani? - Akayzi o`zi, kelnoyizga hiyonat qilgan. O`z ko`zim bilan ko`rganman! - Yo`q opam buni aytmagan, keyin akamga ishonaman! - Rostdana? - Him! - Manga ishonmaysizmi... Opayzni nomini o`rtga qo`yib aytaman o`z ko`zim bilan ko`rganman. Ammo kim bilan ekanini aytmayman. Huv anovi yerda, qorovulni kapasi bo`lardi. O`sha yerda opangiz ikkalamiz guvoh bo`lganmiz, o`sha siz ishongan akayzni hiyonatiga! -dedi... Shirina jim bo`lib chuqur o`yga cho`mib qoldi. Shu asnoda biroz o`tirdik. - Shirina o`qishga, tayorgarliklar