Ushbu qayg’uli va sirli xodisani jinnixonadagi telba so’zlab bergandi… “ Men doim yolg`iz qolishni yaxshi ko`rar edim. O`sha kunda ham ota- onam ketayotganlarida meni yolg`iz qoldirgilari kelmadi. Axir bor yo`g`i 6 yoshda edimda. Lekin uyda qolishga ularni ko`ndirdim. Ular ketishgach xursand holda multfilmni qo`yib tomosha qila boshladim. Berilib ketib soat tungi 12 bo`lganini ham bilmay qolibman. Keyin kirib yotdim. Anchagacha ko`zimga uyqu kelmadi. Soat 2 lar chamasi edi juda ham chanqab ketdim. O`rnimdan turib oshxona tomonga yo`l oldim. Karidor chirog`ini yoqmoqchi bo`lgan edim ammo yoqilmadi. U yog`iga xotiram bo`yicha qorong`uda timirskilanib oshxonagacha yetib oldim. Oshxona chirog`ini yoqqanimda ochiq deraza oldida bo`yni qo`llari uzun bir mahluqni ko`rdim. Qo`rqib ketdim. U menga sekin asta, oyoqlarini yerga sudragan holda yaqinlasha boshladi. Men qo`rqib ketganimdan ko`zimni chirt yumib qulog`imni berkitib oldim. Bir oz vaqtdan keyin ko`zimni ochganimda uning samsariq dahshatli ko`zlari mening yuzim qarshisida menga tikilib turganini ko`rdim. Asablarim dosh bermadi. Hushimdan ketibman. Qancha yotganimni bilmayman. Dahshatli og`riqdan uyg`ondim. Uyg`onib qarasam bir qo`lim yo`q. Mendan sal nariroqda esa o`sha mahluq ishtaha bilan qo`limni chaynab o`tirar edi. Eshik taqilladi. Azob bo`lsa ham turib borib ochdim. Ota onam meni ko`rib dahshatga tushishdi. Uyga otilib kirib hamma yoqni qaray ketishdi. Otam oshxonaga kirgach esa jinnixonaga qo`ng`iroq qilishdi. Ular kelib yaramni bog`lab meni jinnixonaga olib ketishdi. Hali ham bilmayman nima uchun men bu yerdaman. Faqatgina onamning menga o`z o`zini yegan odamxo`r degan so`zlar bilan nafrat to`la ko`zlar bilan qaragani yodimda.... Mening gunohim nimada? Xaligacha bunga javob yo`q. bu alamli va sirli maxluq xamon mening sirli daxshatli xotiralarim va tuzalmas sirli jinniligim maxsuli bo’lib qolaveradi…” Etiboriz uchun raxmat. Xurmat bilan "BeK"